Foto: Ombudsman axborot xizmati
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Farg‘onadagi 10-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan farzandi izolator xodimlari tomonidan kaltaklanganini aytgan onaning murojaatini nazoratga oldi. Bu haqda ombudsman axborot xizmati ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olingan shaxs S.Q. 166-moddasi (talonchilik) 2-qismi «a,v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyat sodir qilganlikda ayblanib, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining ajrimiga asosan saqlash uchun 10-son tergov hibsxonasiga olib kelingan.
29 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda S.Q.ning onasi o‘g‘li va yana 14 nafar mahbusdan shikoyat xatini olgani aytilgan video tarqaldi. Ariza muallifining ko‘rsatishicha, 24 may kuni izolator xodimlari tomonidan kunlik kameralarni tekshirish vaqtida mahbuslardan biri tanasida toshmalar paydo bo‘lganini aytib, tibbiy yordam so‘ragan. S.Q.ga ko‘ra, Nizom ismli xodim uni haqorat qilib, hech qanday dori va tibbiy yordam ko‘rsatilmasligini aytgan.
Xodimlardan qonun doirasida ish ko‘rishni talab qilgan S.Q.ning o‘zi ham haqoratlanib, kaltaklangan. Shundan so‘ng, u o‘z joniga qasd qilishga uringan va qo‘llarini kesgan. Ta’kidlanishicha, bu kabi holat qariyb bir yil oldin ham sodir bo‘lgan. O‘shanda ham S.Q. o‘z joniga qasd qilishga uringan va u qutqarib qolingan, biroq izolator xodimlari bu haqda uning uyidagilarga xabar bermagan.
Videodagi ayolning so‘zlariga ko‘ra, u o‘g‘lidan ko‘p marta haqoratlarga javob qaytarmaslik hamda izolator xodimlarining sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlariga chidashi lozimligini so‘rab kelgan.
Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Komilov 31 may kuni 10-son tergov hibsxonasiga borib, mahbus S.Q. bilan suhbatlashgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Ta’kidlanishicha, mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv jarayonlari tugallanganidan keyin, ombudsmanning rasmiy munosabati beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi