19:19 / 03.06.2022
1 469

Akmal Saidov: «Jabrdiydalar o‘lim jazosini tiklash tarafdori»

Akmal Saidov: «Jabrdiydalar o‘lim jazosini tiklash tarafdori»
O‘zbekistonda aholining jabrlangan toifasi o‘lim jazosini tiklash tarafdori. Bu haqda 3 iyun kuni bo‘lib o‘tgan konstitutsiyaviy komissiya yig‘ilishida Oliy Majlis qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Akmal Saidov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.

Akmal Saidovning aytishicha, konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha aholidan kelayotgan takliflardan biri o‘lim jazosini tiklash masalasida bo‘lmoqda.

«Fuqarolardan o‘lim jazosini tiklash kerakligi bo‘yicha takliflar kelmoqda. O‘zbekiston 2008 yilda o‘lim jazosini batamom yo‘q qildi. Bunday jazoni nafaqat tinch vaqtdagi jinoyatlar uchun, balki harbiy urush vaqtida ham bekor qilganmiz. Hozir ham harbiy vaqtdagi jinoyatlar uchun o‘lim jazosini saqlab qolgan davlatlar ko‘p. 1949 yildagi Jeneva konvensiyasida o‘lim jazosini qo‘llashga ruxsat berilgan. Xalqaro huquq ham o‘lim jazosini qo‘llash mumkin, deydi. Lekin biz insonparvarlik nuqtai nazaridan uni qo‘llamaymiz.

Aholining jabrlangan toifasi o‘lim jazosini tiklash tarafdori. Davlat o‘zi bermagan narsani olib qo‘yishga haqqi yo‘q. Insonni tug‘ilishi, bu Allohning in’omi, ota-onasining harakati. Unga davlat umr bermaganmi, u umrni tortib olishi ham kerak emas. Hozir boshqa bir gap aytmoqchiman. Ya’ni Konstitutsiyaning 24-moddasiga «O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi», degan jumlani qo‘shaylik
», – dedi konstitutsiyaviy komissiya rahbari.

Akmal Saidovning ta’kidlashicha, o‘lim jazosini tiklash to‘g‘risidagi takliflarni qabul qilish murakkab masala.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Akmal Saidov: «Jabrdiydalar o‘lim jazosini tiklash tarafdori»