Kadr: Videodan skrin
Jizzax viloyati Jizzax shahrida 2 iyun kuni ortiqcha yuk ortilgan «KamAZ» yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, holat 2 iyun kuni soat 7:30 larda Jizzax shahri hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega 4R-38 Jizzax—G‘allaorol avtomobil yo‘lining 39-kilometrida sodir bo‘lgan. «KamAZ» yuk avtomashinasi belgilangan me’yordan ortiqcha yuk ortgan, texnik nosoz holatda harakatlangan. Oqibatda mashinaga ortilgan yuk ag‘darilgan va YTH sodir bo‘lgan.
Holat sabab transport vositasi jiddiy shikastlangan. Haydovchi va yo‘lovchilarga tan jarohati yetmagan.
Surishtiruv davomida yuk mashinasining yuk ko‘tarish imkoniyati 10 tonna bo‘lishiga qaramasdan, haydovchi 17 tonna yuk ortib harakatlangani aniqlangan. Transport vositasining texnik holati ko‘zdan kechirilganda avtomobilning shinalari yaroqsiz holga kelib qolgani, yonilg‘i turi o‘zboshimchalik bilan tabiiy siqilgan gaz turiga o‘zgartirilib, tegishli ruxsatsiz gaz ballonlar o‘rnatilgani ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, transport vositasi 2 yildan buyon navbatdagi majburiy texnik ko‘rikdan o‘tmagan.
Bundan tashqari, haydovchi yuk mashinasining davlat raqam belgilarini qasddan yashirib harakatlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi