1 172
Toshkentga olib ketilayotgan noma’lum hayvon go‘shtlari ortilgan mashina to‘xtatib qolindi
Foto: Qashqadaryo IIB matbuot xizmati
Surxondaryodan poytaxtga yo‘l olgan Damas’da kelib chiqishi noma’lum 700 kilodan ortiq go‘sht olib ketilayotgani aniqlandi.
Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, go‘sht ortilgan ushbu mashina viloyatning Ko‘kdala tumanda joylashgan «Umakay» muntazam YPX maskanida to‘xtatib qolingan.
Surxondaryo—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelgan Damas 4 iyun kuni soat 00:30 larda to‘xtatilib, Qashqadaryo viloyati IIB JXX JTSB Karantin bo‘linmasi va YHXB xodimlari tomonidan tekshirilgan.
Avtomashina saloni ko‘zdan kechirilganda, uning salonida tegishli veterinariya ma’lumotnomalarisiz, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan, taxminan 700 kilo og‘irlikdagi noma’lum hayvon go‘shtlari borligi aniqlanib, ularning sifatini aniqlash maqsadida Qashqadaryo viloyat oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza loborotoriyasiga topshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)