10:50 / 06.06.2022
1 244

Jizzaxda arxiv saqlovida bo‘lgan hujjatlar «makulatura»dan topildi

Jizzaxda arxiv saqlovida bo‘lgan hujjatlar «makulatura»dan topildi
Joriy yilning 7 may kuni Jizzax viloyati davlat arxivi saqlovidagi hujjatlar yo‘qolganligi aniqlandi. Bu haqda «O‘zarxiv» agentligi ma’lum qildi.

Jizzax viloyati davlat arxivi saqlovida bo‘lgan hujjatlaridan noqonuniy ravishda olib chiqib ketilgan. Tezkor qidiruv ishlari natijasida 2 660 saqlov birligidagi hujjatlar Sh.Rashidov tumanida joylashgan ikkilamchi qog‘oz chiqindilarini to‘plash, tayyorlash va qayta ishlash maskanidan qaytarib olib kelingan.

Mazkur holat bo‘yicha, «O‘zarxiv» agentligining tomonidan Jizzax viloyati davlat arxivida xizmat tekshiruv o‘tkazildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Jizzax viloyati prokuraturasiga yuborilgan, deyiladi agentlik xabarida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda arxiv saqlovida bo‘lgan hujjatlar «makulatura»dan topildi