
Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudining 19.07.2021 yilgi ijro varaqasiga asosan qarzdor M.Annamuratovdan davlat foydasiga 122,12 mln. so‘m zarar undirish belgilangan bo‘lib, mazkur ijro ishi 22.12.2021 yil Byuroning Amudaryo tumani bo‘limiga kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorga tegishli mol-mulklarini aniqlash maqsadida tashkilotlarga so‘rovnamalar yuborilgan va natijasi bo‘yicha uning nomiga rasmiylashtirilgan Lada Vesta rusumli avtotransport vositasi aniqlangan.
Qarzdor M.Annamuratov davlat ijrochilari tomonidan bir necha bor ogoxlantirishlariga qaramasdan ijro hujjati talablarini bajarmaganligi sababli, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan avtotransport vositasini xatlash uchun qarzdorning yashash manziliga chiqilgan.
Lekin, ushbu avtotransport topilmagach, qidiruv ishlari boshlandi Qidiruv e’lon qilinib, tezkor qidiruv tadbirlari natijasida aniqlanib, xatlangan va saqlash uchun tegishli maydonchasiga olib ketilgan.
Hozirda,xatlangan avtotransport vositasini elektron onlayn auksion savdolarida realizatsiya qilish orqali qarzdorlikni bartaraf qilish ishlari olib borilmokda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar