Buxoro davlat tibbiyot instituti dekani o‘rinbosari fuqaroning o‘qishini ko‘chirib berish evaziga olgan puli o‘rniga Spark avtomashinasini rasmiylashtirib berayotganda qo‘lga olindi. Holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan aniqlandi, deya xabar bermoqda «Daryo».
Ta’kidlanishicha, departament xodimlari tomonidan fuqaro M.R.ning arizasiga ko‘ra, tadbir uyushtirilgan. Arizaga ko‘ra, fuqaro M.R. Qozog‘iston Respublikasidagi tibbiyot oliygohida o‘qiydigan o‘g‘li R.ning o‘qishini Buxoro davlat tibbiyot institutiga ko‘chirish istagi borligini bildirgan. Institut dekani o‘rinbosari R.R. oliygohda faoliyat yuritib kelayotgan N. va F. ismli xodimlar bilan oldindan til biriktirib, fuqaroning o‘qishini ko‘chirib berishga tayyor ekanligini bildirgan. Va buning evaziga M.R.dan 12 ming dollarni pora tariqasida olib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Fuqaro M.R. esa oradan vaqt o‘tib, oliygoh mas’ullaridan bergan pullarini qaytarib berishini talab qilgan. Ular esa olgan 12 ming dollari evaziga F. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinani Buxoro shahridagi «Shayx» restorani oldida M.ga topshirayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar