
Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining 08.10.2021 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor Beshariq tumani Moliya bo‘limidan undiruvchi O.Meliboyev foydasiga 62.083.957 so‘m ish xaqqi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Beshariq tuman bo‘limi tomonidan ijroga qaratilgan.
Qarzdor ijro hujjati bilan tanishtirilib, sud qarori ijrosini ta’minlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.
Shundan so‘ng, olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor Beshariq tumani Moliya bo‘limiga tegishli bo‘lgan Nexia donc rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga olib kirilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor tomonidan 62.083.957 so‘m to‘liq to‘lab berilib, ijro hujjati ijrosi amalda bajarilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar