22:00 / 08.06.2022
1 452

Kitoblik ota farzanlari uchun aliment pullarini oldindan to‘ladi

Kitoblik ota farzanlari uchun aliment pullarini oldindan to‘ladi
Byuroning Kitob tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Shaxrisabz tumanlararo sudining 2022 yil 15 aprel kunidagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor M.B. hisobidan undiruvchi G.N. foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning barcha daromadlarini 1/3 qism miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 2021 yil 20 aprel kuni kelib tushgan.

Ijro xarakatlari davomida, qarzdor M.B.ning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.

Shuningdek, qarzdorning nomidagi mol-mulklarni aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlardan so‘rovnomalar olingan va aniqlangan mol-mulklariga nisbatan ta’qiqlar qo‘yilgan.

Bundan tashqari qarzdorni aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lashi to‘g‘risida davlat ijrochisi tomonidan ogoxlantirishlar berilgan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdor M.B. undiruvchi G.N. bilan o‘zaro kelishgan holda 2022 yil 01 iyun kunidan 2027 yil 01 iyun kuniga qadar aliment pullarini oldindan to‘lashligini bildirgan va davlat ijrochisi tomonidan ushbu davr uchun 62.220.000 so‘m aliment pullari xisoblandi va mazkur xisoblangan aliment pullari qarzdor tomonidan Byuroning Kitob tumani bo‘limi hisob raqamiga to‘lab berildi hamda ushbu pul mablag‘lari undiruvchi G.N.ning plastik kartasiga o‘tkazib berilishi ta’minlanib, ijro hujjati tamomlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kitoblik ota farzanlari uchun aliment pullarini oldindan to‘ladi