
Aliment qarzdorligini undirish va qarzdorlikni olini olish maqsadida ishsiz aliment to‘lovchilarni ish bilan ta’minlash shuningdek, oilalarni yarashtirish choralarini ko‘rish yuzasidan Byuroning Xo‘jayli tuman bo‘limi xodimlari tuman prokuraturasi bilan 2-sektorda fuqarolari bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan o‘zlari qiziqtirgan savollar berildi va muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi. Fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonida ikki nafar ishsiz aliment to‘lovchi ish bilan ta’minlanib, olib borilgan harakatlar davomida 3 ta oila yarashtirildi.
Shuningdek, sayyor sud tashkillashtirilib, ikki oydan ortiq vaqt davomida voyaga yetmagan farzandlar ta’minoti uchun aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan 2 ta qarzdorga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Olib borilgan xarakatlar natijasida qarzdor S.U.dan farzandining 18 yoshga tulgunga qadar aliment pullari hisoblanib, 32 mln. sum aliment undiruvchi G.Yesenkulovaning plastik kartasiga ixtiyoriy ravishda to‘lab berildi va taraflarning o‘zaro kelishuvi bilan aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud uxjjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 40-modda 1-qismi bilan tamomlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar