23:20 / 29.06.2022
1 693

Surxondaryoda neandertal odam yashagan makon topildi

Surxondaryoda neandertal odam yashagan makon topildi
Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida joylashgan Surxon davlat qo‘riqxonasi, Xatak bo‘limi, Bog‘li dara massivida miloddan avvalgi 100−40 ming yillikka oid neandertal odam makoni topildi. Bu haqda Turizm va madaniy meros agentligi xabar berdi.

Xatak g‘ori 2021 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi doktoranti Xoliyor Oynazarov tomonidan petrogliflarni qidirish jarayonida topilgan. Yodgorlikda o‘rganish va dastlabki qazishmalar 2022 yil iyun oyida olib borilgan.

«Qazishma davomida vertikal qoyaning yuzasida 15−20 metr balandlikda hosil bo‘lgan va kirish juda qiyin bo‘lgan ushbu g‘orda tosh qurollar, yovvoyi hayvonlarning maydalangan suyaklari bilan birga 100−60 ming yil oldin yashagan neandertal odam hayotining to‘liq va buzilmagan manzarasi (kul, dumaloq o‘choq qoldiqlari) saqlanib qolganligi aniqlandi», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda neandertal odam yashagan makon topildi