19:42 / 29.06.2022
1 102

Qo‘ng‘irotda 2 mlrd. so‘mlik soliq qarzi undirildi

Qo‘ng‘irotda 2 mlrd. so‘mlik soliq qarzi undirildi
Majburiy ijro byurosining Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi ish yurituvida qarzdor "Ustyurt qidiruv-burg`ulash boshqarmasi" mas’uliyati cheklangan jamiyatidan davlat faydasiga 2 mlrd. 195 mln. so‘m soliq qarzdorligini undirish haqidagi ijro xujjati mavjud bo‘lgan.

Majburiy ijro xarakatlari davomida, dastlab, qarzdor jamiyatga qaror talablari tanishtirilib ihtiyoriy muddat berilib, qarzdorning hisob raqamiga inkassa topshiriqnomasi qo‘yilgan hamda barcha hisob raqamlariga taqiq solingan.

Lekin, qarzdor jamiyat tomonidan ushbu qarzdorlik ixtiyoriy muddatda to‘lamaganligi sababli, majburiy harakatlar amalga oshirilib, qarzdor jamiyatga tegishli bo‘lgan 59 ta avtotransport vositalari xatlovga olindi.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida, mazkur jamiyatdan 2 mlrd. 195 mln. so‘m soliqlar undirilib, jamiyatning soliq oldidagi qarzdorligi to‘liq qoplandi va ijro ishi tegishli tartibda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘ng‘irotda 2 mlrd. so‘mlik soliq qarzi undirildi