
Qoraqalpog‘iston YHXBning so‘kong‘ich boshlig‘i Botir Xo‘janov ishdan olingan. Uning o‘rniga podpolkovnik Salavat Kazbekov tayinlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonda YPX xodimiga qo‘pol munosabatda bo‘lib, ularni haqorat qilgan yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ulining videosi tarqalgandi.
2021 yilning fevraliga tegishli ekani aytilgan videoda Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi kapitan B.Xo‘janov ma’muriy bayonnomalar kam tuzilgani uchun qo‘l ostidagi xodimlarni haqoratlab, urgani tasvirlangan.
Keyinroq B.Xo‘janov qo‘l ostidagi xodimlarga qo‘pol munosabatda bo‘lgani hamda xizmatda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun «lavozim maoshining 30 foizi miqdorida ushlab qolish» qattiq intizomiy jazo chorasi bilan jazolangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar