23:25 / 30.06.2022
1 311

O‘zbekistonda iyun oyida bozorlarda narx qanday bo‘ldi?

O‘zbekistonda iyun oyida bozorlarda narx qanday bo‘ldi?
O‘zbekistonda 1—26 iyun kunlarida bozorlarda qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari haqida ma’lumot berildi.

Ushbu davr mobaynida bozorda:
  • qovun va tarvuz — 4 ming so‘mga,
  • pomidor (qizil) — 3,5 ming so‘mga,
  • pomidor (pushti) — 3 ming so‘mga,
  • baqlajon — 3 250 so‘mga,
  • kartoshka (yangi hosil) — 2 750 so‘mga,
  • bulg‘or qalampiri (yashil) — 1 500 so‘mga,
  • piyoz (yangi hosil) — 1 150 so‘mga,
  • guruch (lazer) — 1 000 so‘mga arzonlagan.

Kartoshka (import) va lavlagi narxlari 750 so‘mga, bodring, karam hamda guruch (alanga) narxlari esa 500 so‘mga tushgan.

Shu bilan birga, apelsin 4 ming so‘mga, mandarin 2,5 ming so‘mga va sarimsoq piyoz 1,5 ming so‘mga oshgan.

Iyun oyida umumiy qiymati 98,4 mln dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 mln dollar kam) jami 180,4 ming tonna (12,2 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Bu davrda:
- 53,9 ming tonna tarvuz,
- 25,5 ming tonna piyoz,
- 13,7 ming tonna pomidor,
- 13,3 ming tonna olxo‘ri,
- 9,1 ming tonna sabzi,
- 7,7 ming tonna gilos,
- 6,1 ming tonna olma,
- 4,5 ming tonna loviya tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.
Bundan tashqari 4,1 ming tonna mosh, 3,1 ming tonna qovun, 2,9 ming tonna o‘rik, 2,3 ming tonna lavlagi va 1,4 ming tonna ko‘kat eksport qilingan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 29,6 mln dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21,9 mln dollar ko‘p) qiymatidagi jami 28,4 ming tonna (0,9 ming tonna kam) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari import qilingan.

Bular orasida 20,4 ming tonna kartoshka, 3,1 ming tonna banan, 569 tonna apelsin, 483 tonna olma, 142 tonna kivi va 115 tonna mandarin bor.

«Qo‘yliq» bozoriga 1–26 iyun kunlari hududlardan jami 26,7 ming tonna, xususan, 9,9 ming tonna kartoshka, 10,5 ming tonna piyoz, 949 tonna karam va 5,2 ming tonna sabzi keltirilgan.

Bozorga Pokistondan 2 322 tonna va Afg‘onistondan 172 tonna kartoshka keltirilgan.

Hududlardan «Chorsu» dehqon bozoriga 1–26 iyun kunlari jami 369,2 tonna, shu jumladan, 323,2 tonna mol go‘shti va 46,0 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda iyun oyida bozorlarda narx qanday bo‘ldi?