Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusda tartibsizliklar ro‘y bergach, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi a’zolari bilan uchrashuvda ularga e’tiroz bildirdi va qoraqalpoq xalqining roziligisiz O‘zbekiston Konstitutsiyasining 70-75-moddalariga birorta o‘zgartirish kiritilmasligini aytdi.
Jo‘qorg‘i Kengesdagi yig‘ilish videosidan parchani prezident matbuot xizmati e’lon qildi.
“Salgina e’tirozim, o‘zlaring bosh bo‘lib, o‘zlaring buni tashabbus bilan chiqib, o‘zlaring qo‘l qo‘yib, o‘zlaring so‘zga chiqib, o‘zlaring tasdiqlagansizlar.
[...] Men har doim ochiqman-ku, nega telefon qilib aytmading, odamlar mana shunday norizo va hokazo deb. Men ham odamman-ku, menga ham Qoraqalpog‘istonning ertangi kuni, tinchligi kerak-ku. Shuncha qilgan mehnatimizni sharmanda qilish kimga kerak?
Maqsad-muddaomiz nima o‘zi? Maqsad-muddaomiz – vatanimizda har bir odam millatidan, elatidan, tilidan, dinidan qat’i nazar o‘zini erkin tutib, emin-erkin yashashi.
Konstitutsion islohot faqat xalqning ertangi kunini yaxshi qilish uchun. Lekin qoraqalpoq xalqi norozi bo‘lsa, bironta modda o‘zgarmaydi hech qachon. Shuning uchun har bir deputat o‘zlarining takliflarini yana bir marta aytsa, 70, 71, 72, 74, 75-moddalarga bironta o‘zgartirish kiritilmaydi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar