07:03 / 04.07.2022
1 781

Farg‘onada sevgan qizini ko‘chada urib, tepgan yigitga qanday jazo tayinlandi?

Farg‘onada sevgan qizini ko‘chada urib, tepgan yigitga qanday jazo tayinlandi?
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yigit rashk sabab sevgan qizini ko‘chada urib, tepgani haqida xabar berilgan edi. MY5 telekanalining «Markaziy studiya» dasturida yigitga qanday jazo tayinlanganini ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, voqea iyun oyida sodir bo‘lgandi. A.D. (yigit) va N.T. (qiz) o‘rtasida rashk tufayli, ya’ni qizning telefoniga noma’lum shaxsdan SMS kelgani uchun kelishmovchilik yuzaga kelgani sababli yigit o‘z hissiyotlarini jilovlay olmay, qizning yuziga urib, tepgan va voqea joyidan ketib qolgan.

Hodisa asosida to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqish uchun viloyatning Dang‘ara tuman sudiga yuborilgan. Uning natijasiga ko‘ra, yigitga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)ga asosan 7 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada sevgan qizini ko‘chada urib, tepgan yigitga qanday jazo tayinlandi?