Foto: Buxoro viloyat Madaniy meros boshqarmasi
Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi cho‘l hududidan mahalliy aholi ko‘magi bilan to‘rtta qadimgi g‘or topildi. Bu haqda viloyat Madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Shohabbos Sharofiddinov xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, boshqarma hamda Fanlar Akademiyasining milliy arxeologiya markazi mutaxassislaridan iborat ishchi-guruh aholi ko‘rsatmasiga asosan, Kogon tumanining cho‘l hududiga qadimgi g‘orlar qoldiqlarini o‘rgangan.
«G‘orlar cho‘l zonasida yantoq o‘sgan qum tagidagi, sarg‘ish rangli ohaktoshlar qatlami ostidan pastlikka kirib ketgandi. G‘orlarning kirish qismi qumlar va o‘pirilgan toshlar bilan ko‘milib, tashqi ko‘rinishidan uning g‘orligi deyarli bilinmay ham ketgan edi. Ular bir-biridan taxminan yuzlab metrcha uzoq masofada joylashgan, ammo ularning bir-biriga qandaydir tizim orqali bog‘lanishi aniqlanmadi»,— deydi Shohabbos Sharofiddinov.
Foto: Buxoro viloyat Madaniy meros boshqarmasi
Bildirilishicha, g‘orlarning qanday maqsadda qurilganini aniqlash uchun mutaxassislar ularni olib kelgan mahalliy aholi bilan eng katta g‘or ichkarisiga kirgan.
Aytilishicha, g‘orning ichki qismi qum va o‘pirilgan toshlar bilan bosilganligi sababli unga kirganlar yoritish chiroqlari yordamida egilib, bukilib, sekinlik bilan 80-100 metr masofa yurgan va 10-15 metr pastlikka tushgan. G‘orning ayrim joylari juda tor, ayrim joylari keng, ayrim joylaridan boshqa tomonga ketgan qo‘shimcha yo‘nalishlar ochilgan bo‘lgan.
«G‘orning geologik qatlamlari asosan, ohaktoshdan iborat bo‘lgani sababli, g‘or o‘rta asrlar davrida mahalliy konchilar tarafidan qazilib, yer ostki zaxiralaridan juda keng ko‘lamda foydalangan hamda ganch qurilish materialining xom ashyosi olinganligi aniqlandi», — deydi boshqarma boshlig‘i.
Foto: Buxoro viloyat Madaniy meros boshqarmasi
Tarixiy manbalarga ko‘ra, Buxoro shahrining shimoliy-sharqiy tomonlarida qadimiy yuqori sifatdagi ganch konlari mavjud. O‘rta asrlarda qurilgan, hozirda saqlanib qolgan tarixiy binolarning qurilishida shu konlardan keltirilgan ganch materialidan keng foydalanilgan. Ushbu konlardan keltirilgan dag‘al ganchlar qo‘l mehnati yordamida ezilib, pishirtirilgan va tarixiy binolarni qurishda obi g‘ishtlar orasidagi angaf qorishmasiga qo‘shilgan hamda masjidlarning ichki qismini ganchkorlik san’ati yordamida bezash ishlarida ishlatilgan.
«G‘orning kengroq qismlarida o‘rta asrlar (XII-XIII asrlar)ga tegishli sopol qoldiqlari, asosan, katta va kichikroq suv saqlanadigan ko‘zalar bo‘laklari, shuningdek, qo‘ylar va tuyalar suyaklari topildi. Bu topilmalar g‘orlar ichida odamlar yashagani, qanaqadir mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganidan dalolat. Bundan tashqari, Buxoro—Qarshi avtomobil trassasining 193 kilometri masofasi chekkasida yana bir g‘or ichida tabiiy shishasimon geologik xom ashyo ko‘rinishidagi materiallar mavjudligi ham aniqlandi. Ushbu material shishaga o‘xshash bo‘lib, yorug‘likni yaxshi o‘tkazadi hamda o‘rta asrlar davri arxitekturasida keng ishlatilgan», — deydi Shohabbos Sharofiddinov.
Foto: Buxoro viloyat Madaniy meros boshqarmasi
Qo‘shimcha qilinishicha, o‘rta asrlar davrida ushbu hududdagi g‘orlardan cho‘ponlik faoliyatini olib borgan mahalliy aholi dam olish va qor-yomg‘irlardan saqlanish maqsadida boshpana sifatida foydalangan. Shuningdek, dushmanlar bostirib kelgan paytlarida yashirinish va o‘z jonini saqlash uchun ham foydalanilgan.
Hozirda mazkur tarixiy g‘orlarni belgilangan tartibda moddiy madaniy meros ob’ektlarining Milliy ro‘yxatiga kiritish va davlat muhofazasiga olish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi