
Byuroning Farg‘ona tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 27.06.2022 yildagi qarzdor D.Sh. dan undiruvchi "Al Barot mikrokredit tashkiloti" MCHJ foydasiga 15.000.000 sum kredit karzi undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdor D.Sh. davlat ijrochisi tomonidan bir necha marta ogohlantirilishiga qaramasdan, kreditini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.
04.07.2022 yil kuni davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning “Damas” rusumli avtomashinasini boshqarib yurganligi aniqlanib, ushlangan va xatlanib jarima maydonchasiga olib kirilgan.
Qarzdor ushbu kuniyoq kreditdan bo‘lgan qarzi 15.0 mln. so‘m pullarni undiruvchi "Al Barot mikrokredit tashkiloti" MCHJ foydasiga to‘ladi va qarzdorlik bartaraf etilgani bois uning avtomashinasi qaytarib berildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar