09:50 / 07.07.2022
1 826

Samarqandda xotinining o‘ynashini o‘ldirib, jasadni hojatxonaga tashlab yuborgan erkak 17 yilga qamaldi

Samarqandda xotinining o‘ynashini o‘ldirib, jasadni hojatxonaga tashlab yuborgan erkak 17 yilga qamaldi
Samarqand viloyati Toyloq tuman sudida qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etgan shaxsga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar qildi.

Qayd etilishicha, erkak 2020 yildan buyon shar’iy nikoh orqali bir ayol bilan yashab kelgan. Yashash davomida erkak ayoliga ishlamaslikni bir necha marotaba ta’kidlagan. Ammo rafiqasi bu shartga ko‘nmay, ishga chiqib ketgan. Oqibatda er-xotin o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Ayol esa erining janjallariga toqat qilmay, ikki nafar farzandi bilan qizlik uyiga ketib qolgan.

2022 yilning fevral oyi boshlarida ayoli ketib qolgani sababli yolg‘iz yashab kelayotgan erkakka turmush o‘rtog‘i boshqa bir erkak bilan ishqiy munosabatga kirishib, birgalikda yashab kelayotgani haqidagi xabar yetib kelgan. Ayblanuvchi o‘zining ayoli bilan nikohsiz yashab kelayotgan erkakdan qasd olish maqsadida telefon raqamini topib, 15 fevral kuni soat 19:30 atrofida unga qo‘ng‘iroq qilgan va erkakning mast holatda ekanini bilib qolgan.

U bilan ko‘rishib, uyiga olib kelgan. Undan qasd olish maqsadida marhuming yuz, bo‘yin, ko‘krak va boshqa sohalariga bir necha marotaba to‘xtovsiz zarbalar berib, ojiz ahvolga keltirgan. Jinoiy ishini oxiriga yetkazish maqsadida bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan. Qilgan ishini yashirish maqsadida esa jasadni yashash xonadonidagi eski hojatxonaning o‘rniga ko‘mib yuborgan.

Sud hukmiga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "v" bandi (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan aybli deb topilib, 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda xotinining o‘ynashini o‘ldirib, jasadni hojatxonaga tashlab yuborgan erkak 17 yilga qamaldi