
Paxtachi tumani IIB xodimlari tomonidan olingan ma’lumotga asosan, 2022 yil 06 iyul kuni tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida, 1965 yilda tug‘ilgan, muqaddam O‘zbeksiton Respublikasi JKning 104-moddasi bilan sudlangan, Paxtachi tumani «Yangiobod» MFYda yashovchi A.S. 6 million so‘m evaziga o‘zining IJ-17 rusumli ov miltig‘ini noqonuniy ravishda sotayotganda ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan A.S. ga nisbatdan O‘zbekiston Respublikasi JKning 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar