1 485
Surxondaryoda soxta hujjatlar bilan yer «sotgan» mansabdorlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Termiz tumani hokimligi qoshidagi ishchi guruh mansabdor shaxslari hamda boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz tumani Yangi hayot mahallasi hududidagi qishloq xo‘jaligi yerlari soxta hujjatlar asosida talon-toroj qilingani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan. Holat viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganilgan.
O‘rganish davomida Termiz tumani hokimligi qoshidagi yer tanlash va ajratib berish va yerdan foydalanishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh mansabdor shaxslari va boshqalarning jinoiy xatti-harakatlari aniqlangan.
Qayd etilishicha, joriy yil 8 iyul kuni Termiz tumani hokimligi qoshidagi yer tanlash va ajratib berish va yerdan foydalanishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh mansabdor shaxslari hamda boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari, 228-moddasi 3-qismi, 205-moddasi 1-qismi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi