Tijorat banklarining jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish yuzasidan Markaziy bank axboroti e’lon qilindi.
«Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat Qoidalari»ning (ro‘yxat raqami 2886, 2017 yil 23 may) 22-bandiga asosan jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 AQSH dollaridan oshgan miqdorda chet el valyutasining sotib olinishida tijorat banklari mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha mustaqil ravishda chora-tadbirlarni ko‘rishlari zarurligi ko‘rsatilgan.
Shu munosabat bilan, ekvivalenti 100 AQSH dollaridan oshgan miqdorda chet el valyutasini jismoniy shaxslar tomonidan sotib olish jarayonida tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxs – mijozni identifikatsiyalash shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilingan holda amalga oshirilishini ma’lum qilamiz, deyiladi Markaziy bank axborotida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi