Bugun, Qurbon Hayiti bayrami kuni Malayziyadan ziyoratchi turistlar jamoasi ilk charter reysda yurtimizga keldi.
Mazkur reys «Osman Aero» tur operatori tomonidan Malaysian Airlines samolyotlarida amalga oshirilgan. Ilk ziyoratchilar Toshkent xalqaro aeroportida karnay-surnaylar bilan kutib olingan.
Davlat rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, Turizm va madaniy meros vazirligi ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida Malayziya tomoni bilan kelishuvga erishilgan. Xususan, Bosh vazir o‘rinbosari, turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Malayziyaning turizm, san’at va madaniyat vaziri Nansi Shukri xonim bilan Ozarbayjondagi Islom hamkorlik tashkilotining konferensiyasi doirasida Malayziyadan doimiy ravishda ziyoratchilar safarini tashkil qilish bo‘yicha kelishib olgandi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, ziyorat turizmi reyslarini Indoneziya, Bangladesh, Eron kabi davlatlar bilan ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan va tashkiliy ishlar deyarli oxirlab qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi