
Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidagi xonadonda giyohvand o‘simliklar yetishtirib kelinayotgani aniqlandi. Bu haqa viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Viloyat IIB va Sayxunobod tumani IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida Sh.Sh.ning (1982 yilda tug‘ilgan) yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, omborxonasida jami og‘irligi 3 kilogramm 262 gramm quritilgan holatdagi ko‘knori poyasi, ko‘knori boshog‘i va marixuana giyohvandlik vositalari, 4 tup nam holatdagi nasha giyohvandlik o‘simliklari noqonuniy saqlab kelayotgani ma’lum bo‘lgan.

Bundan tashqari, tomorqasida 1 tup nasha va 117 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simliklarini ekib, parvarishlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi va 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar