17:43 / 11.07.2022
1 524

AQSH Kongressiga Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan hisobot taqdim etiladi

AQSH Kongressiga Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan hisobot taqdim etiladi
O‘zbekistonning Vashingtondagi elchisi Javlon Vahobov Qoraqalpog‘istondagi vaziyat, shuningdek, O‘zbekiston hududda tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari to‘g‘risida xolis axborot taqdim qilish maqsadida AQSH Kongressi a’zolari bilan videokonferensiya shaklida qator muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Ma’lum qilinishicha, AQSH Kongressi tashqi ishlar qo‘mitasidagi Osiyo, Tinch okeani va Markaziy Osiyo bo‘yicha quyi qo‘mitaning hamraisi, Ogayo shtatidan saylangan respublikachi kongressmen Stiv Chabot Qoraqalpog‘istondagi voqealarning asl sabablari va hukumatning hududdagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘rgan chora-tadbirlari haqidagi batafsil ma’lumot uchun minnatdorlik bildirdi. AQSH O‘zbekistonning keng qamrovli oshkora va ishonchli surishtiruv o‘tkazish bo‘yicha sa’y-harakatlarini olqishlashini ta’kidladi.

Kongressmen Stiv Chabot AQSH Kongressidagi «O‘zbekiston bo‘yicha kokus» a’zosi va Markaziy Osiyo bo‘yicha kichik qo‘mitaning hamraisi sifatida Qoraqalpog‘istondagi mavjud vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini va rasmiylarning uni barqarorlashtirish bo‘yicha qilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. «O‘zbekiston AQSHning vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti va ittifoqchisi. Mamlakat ushbu sinovni munosib yengib o‘tishi va islohotlar davom ettirilishiga ishonaman», — deb qo‘shimcha qilgan u.

«Yaqinda mamlakat boshiga tushgan ushbu sinov porloq kelajak uchun yangi boshlang‘ich nuqtaga aylanishiga ishonchim komil», — degan Kongressdagi «O‘zbekiston bo‘yicha kokus» a’zosi, 2021 yil oktabrida Amerika qonun chiqaruvchilari delegatsiyasi tarkibida O‘zbekistonda bo‘lgan kongressmen Don Bekon.

O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, amerikalik kongressmenlar muloqot yakunida AQSH Kongressiga Kongressning barcha senatorlar va kongressmenlar ofislariga tarqatiladigan rasmiy hujjati — Congressional Record’ni taqdim etishga tayyorligini bildirgan. Ularning fikricha, ushbu rasmiy ma’lumot hududdagi voqealar haqida xolis axborot yetkazish nuqtai nazaridan Kongressning barcha a’zolari uchun foydali bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSH Kongressiga Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan hisobot taqdim etiladi