O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi. Respublika elchixonasida nutq so‘zlagan tashqi siyosat idorasi rahbari mamlakatda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlar masalasiga to‘xtaldi, deb xabar beradi Sputnik.
“O‘zbekiston xalq turmush darajasini oshirish, innovatsion iqtisodiy o‘sishni mustahkamlash va mamlakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar yo‘lidan o‘z taraqqiyotining yangi mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘ydi, – dedi u.
– Konstitutsiyaviy islohotlar – bu davr talabi, uni demokratik islohotlar mantig‘i taqozo etmoqda. Yangilangan konstitutsiya O‘zbekistonning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasining mustahkam huquqiy asosini, kafolatini yaratishi kerak”.
Vladimir Norov, shuningdek, avvalroq mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini eslatib o‘tdi.
“Konstitutsiya mazmunida inson sha’ni va qadr-qimmati yo‘lidagi g‘oyalarni chuqur joriy etish hamda “inson-jamiyat-davlat” yondashuvi taklif etilmoqda, ya’ni mavjud paradigma “davlat-jamiyat-inson” o‘rniga yangi paradigma joriy etilmoqda. Boshqacha aytganda, inson qadr-qimmatini yuksaltirish hukumat organlarining ustuvor vazifasi bo‘lishi kerak”, - dedi vazir.
Yana bir muhim vazifa – oilaning iqtisodiy va ma’naviy asoslarini mustahkamlash, bolalar manfaatlarini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, inson salomatligi va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishdir, dedi TIV rahbari.
Tashrif doirasida Vladimir Norov Rossiya Davlat Dumasi, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa idoralarda bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi