18:19 / 12.07.2022
1 454

«Tolibon» delegatsiyasi Toshkentdagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi

«Tolibon» delegatsiyasi Toshkentdagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi
Foto: Reuters
Toliblar delegatsiyasi 25-26 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etadi. Bu haqda 11 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov tomonidan ma’lum qilindi.

«Biz bugun bu mamlakatda haqiqiy kuch bo‘lgan «Tolibon» harakatidan delegatsiya kelishini kutmoqdamiz», dedi Norov bir kun avval Moskvada o‘tkazilgan davra suhbatida.

Uning ta’kidlashicha, toliblarning konferensiyada ishtirok etishi «biz ularni tan olishimizni anglatmaydi».

«Biz ushbu konferensiya orqali amaldagi hokimiyatni xabardor qilmoqchimiz... Bu ularning Toshkent yig‘ilishi doirasida qabul qilgan xalqaro majburiyatlari va u yerda imzolangan kelishuvlarni bajarishini ta’minlashga qaratilgan», — dedi Norov.

Tashqi siyosat idorasi rahbari Rossiya, O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarning pozitsiyalari bir-biriga to‘g‘ri kelishini aytdi: «Tolibon» harakati o‘z majburiyatlarini bajarishi, bu mamlakatdagi barcha siyosiy, etnik va diniy guruhlarni o‘z ichiga olgan inklyuziv hukumat yaratishi kerak.

25-26 iyul kunlari Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi, unda 20 dan ortiq davlat delegatsiyasi ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Tolibon» delegatsiyasi Toshkentdagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi