Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Telegram'dagi kanalida Konstitutsiyaga tergov organini alohida tashkilot sifatida kiritish taklifini bildirdi.
Rasul Kusherbayevning aytishicha, bugungi tergov tizimida odil sudlovni amalga oshirishga xalaqit beruvchi omillar mavjud.
«Tergov organini alohida qilish vaqti keldi. Bu haqida ko‘p yillardan beri takliflar aytiladi. Biroq shu kunga qadar uni amalga oshirishning fundamental asosi yaratilmadi. Kamiga idoraviy manfaat yuzasidan bunga qarshilar ham ko‘p. Biroq afsuski, prokuraturada bir vaqtning o‘zida tergov funksiyasi ham mavjudligi sababli prokuraturani hamon fuqarolar manfaatini himoya qiluvchi, oqlovchi organ, deb bo‘lmaydi. Idora nufuzi va manfaati, «pogon hurmati» kabi inson omili bilan bog‘liq «qarichlar» uning oqlovchi sifatida odil sudlovni amalga oshirishiga xalaqit beradi.
Shuningdek, joylarda odil sudlovni amalga oshirishda muhim bo‘g‘in – ichki ishlar tergovchilarining bir vaqtning o‘zida hududiy IIB boshlig‘iga bo‘ysunishi ham mantiqsizlik. Chunki har doim ham IIB boshlig‘i tergovdan chiqqan, tergov sir sinoatlaridan xabardor shaxs bo‘lmasligi mumkin.
Umuman aytganda, odil sudlovni amalga oshirishda tergovning har qanday ta’sirlardan holi, xolis organ bo‘lishi uchun barcha davlat organlari, shu jumladan, Ichki ishlar, prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmatining tergov funksiyalarini o‘zida jamlagan alohida tergov organini tashkil etish zarur. Ushbu masala Konstitutsiyada alohida aks ettirilishi kerak, deb hisoblaymiz. Bu demokratik prinsiplarga mos, inson huquqlari yuksak darajadagi odil sudlovni amalga oshirishga ko‘mak bergan bo‘lardi», – deb yozadi deputat. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?