Qadriyatlarimizga ko‘ra, oilani asrab-avaylash, uning mustahkamligini ta’minlash, darz ketgan oilalarni yarashtirish eng ezgu amallardan hisoblanadi.
Bu borada Byuroning Shirin shahar bo‘limida aliment undirish bilan bog‘liq 220 ga yaqin ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, xodimlar nafaqat aliment qarzdorliklarini undirish balki, ajrashgan oilalarni yarashtirishga ham hissa qo‘shmoqdalar.
Jumladan, byuro xodimlarining sayi harakatlari natijasida birgina joriy yilning o‘tgan davrida 192 nafar undiruvchilarga 620 mln. 320 ming so‘m pul mablag‘lari undirilishi ta’minlandi.
Shuningdek, mahalla va jamoatchilik vakillari, katta hayot tajribasiga ega bo‘lgan keksalar, din vakillari va boshqalar bilan hamkorlikda olib borilgan tushuntirishlar natijasida tumandagi 18 ta darz ketgan oilalar qayta tiklandi.
Oilada, er va xotin o‘rtasida arzimagan sabalardan kelib chiqayotgan janjallardan farzandlar ko‘proq aziyat chekadilar, janjallar natijasida bolalarning ruhiyatiga zarar yetishi bilan birga ularning kelajagiga ham ta’sir qilishi barchamizga ma’lum.
Shu sababli, ajrashgan oilalarni yarashtirish va farzandlarni o‘z ota-onalari bag‘riga qaytarish maqsadida byuro xodimlari tomonidan olib borilgan tushuntirishlar natijasida ancha yillardan buyon ayriliqda yashab kelayotgan oilalardan biri bo‘lgan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining 09.01.2020 yildagi sud qaroriga asosan qarzdor S.L. tomonidan undiruvchi M.R.ga o‘zaro kelishuvi bilan farzandalarining 18 yoshgacha bo‘lgan moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lovlaridan voz kechib, undiruvchi M.R.va nomiga Shirin shahar 4-daxa, 14-uylardagi xonadonlarning birini xususiy notarial idorasi orqali o‘tkazib berilishi ta’minlandi.
Shu bilan birga undiruvchi M.R.ning alimentdan voz kechganligi to‘g‘risidagi iltimosiga hamda fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining 29.06.2022 yildagi ajrimiga asosan ijro hujjati ish yurituvidan tugatildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?