Foto: IIBB
Joriy yilning 10 iyul kuni Bektemir tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga «Quyliq» bozori hududida, noma’lum shaxs o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Ma’lum bo‘lishicha, noma’lum erkak kishi bozor hududida joylashgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish metall konstruksiyasining yuqorisiga chiqib, 32 metr balandlikdan pastga sakrashi bilan tahdid qilgan.
Tez fursatda xodisa joyiga ichki ishlar, Milliy Gvardiya, Favqulotda vaziyatlar hamda tez tibbiy yordam xizmatlari yetib keldilar.
Birinchilar qatorida yetib kelgan hududiy profilaktika inspektori katta leytenant Ulug‘bek Abdanbekov vaziyatga tezda baho berib, o‘zini pastga tashlamoqchi bo‘lgan fuqaro bilan muloqotga qirishadi va o‘z hayotini xatarga qo‘yib yuqoriga ko‘tarila boshlaydi. Biroq, fuqaro turli xil talablar qo‘yib, o‘zini hatti-harakatlari bilan xodimda shubha uyg‘otadi.
Ulug‘bek Abdanbekov fuqaro bilan muzokaralar davomida, temir konstruksiya quyosh nurlari ostida qizib, uning qo‘llarini kuydira boshlaganligi sababli, soyali joy qidirayotganligini ko‘radi.
Mavjud xavf-xatarga qaramay, profilaktika inspektori elektr uzatish liniyasining ustuniga chiqishni davom ettiradi va fuqaroning pastga tushishiga yordam berib, uning hayotini saqlab qoladi.
Surishtiruv davomida, 49 yoshli G‘ayratjon M. bir kun avval do‘stlari bilan spirtli ichimliklar iste’mol qilib, bozorga qanday va nima uchun kelganini hamda elektr ustunga nima sababdan chiqib olganini eslay olmasligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi