3 958
Nukusdagi namoyish ishtirokchilari: «Olomonga bilmay qo‘shilib qoldim», «Qiziqib qo‘shilgandim, pushaymonman»
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida 2022 yilning 1 iyul kuni soat taxminan 15:00 larda boshlangan to‘polon ko‘p o‘tmay markaziy dehqon bozori yonidagi namoyishga aylandi. Shahar ko‘chalari namoyishida minglab olomon to‘plandi. Shundan so‘ng jamoat tartibi buzilishining oldini olish hamda fuqarolar tomonidan tartibbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun huquqni muhofaza qilish organlarining kuch va vositalari jalb etildi.
Shavkat Mirziyoyev 2 iyul kuni Nukusga bordi va Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari, Qoraqalpog‘iston faxriylari va faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda prezident Konstitutsiyaning Qoraqalpog‘istonga tegishli moddalarini amaldagi tahrirda o‘zgarishsiz qoldirish zarurligini aytdi. 3 iyul kuni Shavkat Mirziyoyev yana Nukusga borib, videoselektor o‘tkazdi. Davlat rahbarining murojaatidan keyin vaziyat barqarorlashgani, hayot o‘z maromiga qaytayotgani ma’lum qilindi. Bosh prokuratura «Meni Qoraqalpoqqa bosh qilib, izimdan yurishingizni so‘rayman», deya xalqni mitingga chorlagan bloger va boshqalarni Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuzda aybladi.
«Daryo» muxbiri bilan suhbatlashgan namoyish ishtirokchilari noqonuniy mitingga bilmay qo‘shilib qolganini, ayni kunda qilgan ishidan pushaymon ekanini aytmoqda.
«Noqonuniy namoyishga bilmasdan qo‘shilib qoldim»
Sh.J.
Foto: «Daryo»
«Daryo» muxbiri bilan suhbatlashgan Sh.J. noqonuniy namoyishga o‘zi bilmagan holda qo‘shilganini, ayni paytda pushaymonligini aytmoqda.
«Asli Kegeylidanman. O‘sha kuni Nukusga gilam do‘koniga ishga kirish uchun kelgandim. Dehqon bozori oldida yuz bergan noqonuniy namoyishga bilmasdan qo‘shilib qoldim. Bozorga ‘marshrutka‘da uyga qaytish uchun borgandim. Odamlar to‘planib, ‘yuring-yurin‘ deb bir-birini tortib ketishdi. Olomondagilarning hech birini tanimayman. Noqonuniy namoyish ekanligini bilgach, yig‘ilganlardan ajrala boshladim. Toshkent mehmonxonasi qarshida meni qo‘lga olishdi. Tengqurlarimga, ukalarim va singillarimga bunday qilishni tavsiya qilmayman. Ikki millat o‘rtasidagi norozichilik hech kimga kerak emas. Biz ikki tug‘ishgan xalqmiz. Bunday narsalarga aralashishni hech kimga maslahat bermayman», — deydi Sh.J.
«Adashdim, peshonam toshga tegdi»
A.K.
Foto: «Daryo»
«Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni o‘qib, ‘miting bo‘ladi’, degan gap-so‘zlar ortidan nima bo‘lar ekan deb, qiziqib, qo‘shildim. O‘sha kuni ishdan qaytayotgandim. Nukus xalqaro aeroporti qarshisida namoyishchilar bor ekan. Men ham ularga qo‘shildim. Vaqt o‘tgani sayin odamlar ko‘payib bordi. Avvaliga ikki kishi, keyin to‘rt, so‘ngra olti va shunday davom etdi. Bu darajagacha yetib boradi deb o‘ylamagandim. Keyin bilsam bu noqonuniy namoyish ekan. Ichi qora odamlarning ishi ekan. Bunday ishlarga aralashmaslik kerak ekan. Farzandlarim, oilam ko‘z oldimga keldi. Ularni sog‘indim. O‘zbek, qoraqalpoq deb millat ayirmay, bir yoqadan bosh chiqarib yashashimiz kerak ekan.
Yovuz kuchlarning maqsadi tashqaridan kelib xalqning ichida kelishmovchilik keltirib chiqarishdan iborat ekan. Ularda xalqning boshini bir qilaylik degan maqsad bo‘lmaydi. Tinchlikni saqlash har bir fuqaroning vazifasi. Bir marta adashdik. Peshonamiz toshga tegdi. Qilgan ishlarimdan pushaymonman. Xalqimizdan, qarindosh urug‘imizdan, prezidentimizdan kechirim so‘rayman», — deydi A.K.
«Qilgan ishimdan pushaymonman, xalqimizdan kechirim so‘rayman»
R.T.
Foto: «Daryo»
«Kegeyli tumanida tug‘ilganman. Hozirda Nukusda yashayman. 2 iyul kuni opamning uyiga pul olish uchun chiqqandim. Choyxonaning qarshisida namoyishga bilmay qo‘shilib qoldim. Nukus xalqaro aeroporti yonida meni qo‘lga olishdi. Aslida namoyishchilarga o‘zim bilmagan holda qo‘shilgandim. Ikki soat ular bilan yurgach, ulardan ajraldim. Ammo baribir aeroport yonida ushlashdi. Qilgan ishimdan pushaymonman. Xalqimizdan kechirim so‘rayman. Bundan buyon bu yo‘lga kirmaslikka va’da beraman», — deydi R.T.
«Hozir o‘zimizdan uyalyapmiz, xalqimizdan, prezidentimizdan kechirim so‘raymiz»
A.H.
Foto: «Daryo»
«Chimboy tumanida tug‘ilganman. Hozirda Nukusda yashayman. Ishdan qaytib, bozorga bordim. Bozordan chiqishda odamlar baqirayotganiga guvoh bo‘ldim. Velosipedni chekkaga qo‘yib, nima bo‘lgan ekan deb ularning yoniga bordim. Ommani ta’siri bilan olomonga qo‘shilib ketdim. O‘shanda to‘planganlar ‘Davlet (Dauletmurat Tajimuratov)ni qo‘yib yubor’, deb baqirayotgandi. Men ham ular bilmay qo‘shilib qoldim. Hozir o‘zimizdan uyalyapmiz, pushaymonmiz.
Meni 2 iyul kuni ishlayotgan joyimdan olib ketishdi. Bir kun oldingi voqealarni telefonimga tasvirga olgandim. Hozir shunga pushaymon bo‘lyapmiz. Xalqimizdan, prezidentimizdan kechirim so‘raymiz. Qilgan ishimiz noto‘g‘riligini tushundim», — deydi A.H. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi