08:00 / 17.07.2022
2 784

Muddati o‘tgan bank kartalarini tashlab yubormang!

Muddati o‘tgan bank kartalarini tashlab yubormang!
Firibgarlar muddati o‘tgan karta orqali hisobdan pul yechib ololmaydi. Biroq...

Bugun deyarli barchamizning qo‘limizda bank plastik kartasi bor. Odatda, ushbu karta bank tomonidan ma’lum (hozirda O‘zbekistonda asosan 5 yil) muddatga beriladi. Muddati tugagan kartalar, tabiiyki, fuqaroga kerak emas. Shu bois ular tashlab yuboriladi. Ammo advokat muddati o‘tgan bank kartalarini tashlamaslikni tavsiya qildi.

Darhaqiqat, bugun plastik kartalarga firibgarlar tomonidan qilinayotgan hujum dunyo miqyosida global muammoga aylandi. Oson va mo‘may daromad olish ilinjida sodda odamlarni qarmog‘iga ilintirayotganlar fuqaroning shaxsiy telefoniga yuborilgan birgina maxfiy kod orqali karta hisobidagi pulni yechib oladi.

O‘zbekistonda ham xuddi shu yo‘l bilan jinoyatga qo‘l urayotganlar ham yo‘q emas. IIVning ogohlantirishlariga qaramay, firibgarlar qurboniga aylanayotganlar oramizda talaygina.

Ruslar uchun muddati o‘tgan bank kartalarini tashlab yubormaslik, balki ularni yo‘q qilish yaxshiroqdir. Bu haqda “Praym” agentligiga “Parfenon” Birlashgan yuridik markazining yetakchi advokati Pavel Utkin ma’lum qildi.

Ekspert bank kartalarida mijozning bankdagi hisob raqamiga oid ma’lumotlar borligini ta’kidladi. Albatta, firibgarlar muddati o‘tgan karta orqali hisobdan pul yechib ololmaydi. Biroq hujumchilar ushbu ma’lumotlardan mijozga qarshi har qanday firibgarliklarni amalga oshirish uchun foydalanishga urinishlari mumkin.

«Gap shundaki, kartada chop etilgan magnit chiziq, harf kodlari va gologrammalarda karta bog‘langan bank hisobi haqidagi ma’lumotlar mavjud. Agar karta xakerlar qo‘liga tushib qolsa, ular bundan yaxshigina foydalanishi mumkin», — degan advokat.

Yo‘q qilish usuli sifatida advokat qaychi bilan mayda bo‘laklarga kesishni tavsiya qildi. Ayniqsa, har qanday belgilar mavjud bo‘lgan joylarda uni bo‘laklab tashlash kerak.

Avvalroq kp.ru sayti yozganidek, Markaziy bank firibgarlar rossiyaliklarning hisoblariga masofadan kirish imkonini beruvchi yangi sxema ishlab chiqqani haqida ogohlantirgandi.

Bu uyali aloqa operatorining qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimi bo‘lgan odamning qo‘ng‘irog‘i bilan boshlanadi. Uning xabar berishicha, abonentning telefon raqami tez orada o‘z kuchini yo‘qotadi va buning oldini olish uchun mobil qurilmada raqamlarning ma’lum kombinatsiyasini terish kerak.

Bahriniso To‘xtasin qizi tayyorladi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Muddati o‘tgan bank kartalarini tashlab yubormang!