23:15 / 19.07.2022
1 393

Andijonda chetga olib chiqayotgan shaxslardan 66,5 ming dollar to‘xtatib qolindi

Andijonda chetga olib chiqayotgan shaxslardan 66,5 ming dollar to‘xtatib qolindi
Foto: Bojxona qo‘mitasi.
Andijon viloyati bojxona boshqarmasining «Do‘stlik» chegara bojxona postida 1 sutkada 66 ming 500 AQSH dollarini olib chiqishga bo‘lgan urinishlar fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

2022 yil 18 iyul kuni ushbu post orqali harakatlangan qo‘shni davlat fuqarolarining 2 nafari 8500 AQSH dollaridan jami 17 000 AQSH dollarini, 1 nafari 9500 AQSH dollarini va yana 1 nafari 40 000 AQSH dollarini olib chiqishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Barcha holatlarda ushbu shaxslar o‘zlariga tegishli bo‘lmagan naqd xorijiy valyutalarni ma’lum bir haq evaziga o‘tkazib bermoqchi bo‘lishgan. Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda chetga olib chiqayotgan shaxslardan 66,5 ming dollar to‘xtatib qolindi