date
views 2 451

Uch davlat prezidentlari norasmiy uchrashuv o‘tkazdilar (foto)

Uch davlat prezidentlari norasmiy uchrashuv o‘tkazdilar (foto)
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammiti oldidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari birgalikda «Nomad» madaniyat markaziga bordilar.

Hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmasi ko‘zdan kechirildi. So‘ng ko‘chmanchilar o‘yinlari namoyish etildi.

Markaziy Osiyo xalqlari kuy-qo‘shiqlaridan tuzilgan konsert dasturida ellarimiz birligi, madaniy yaqinligi namoyon bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uch davlat prezidentlari norasmiy uchrashuv o‘tkazdilar (foto)