19:15 / 22.07.2022
1 765

Endi o‘zbek migrantlari Yaponiyada ham mehnat qilib, daromad topishi mumkin

Endi o‘zbek migrantlari Yaponiyada ham mehnat qilib, daromad topishi mumkin
Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
O‘zbekiston dunyoda Yaponiyaga ishchi kuchi olib kirish imkoniyatiga ega o‘n birinchi davlatga aylandi. Endi o‘zbek migrantlari Yaponiyada ham mehnat qilib, daromad topishi mumkin. Bu haqda kecha, 21 iyul kuni Yaponiya—O‘zbekiston o‘rtasida mehnat munosabatlari va kasbiy ta’limni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan ikkinchi mehnat forumida ma’lum qilingan.

«Forumda aytilishicha, Yaponiya shu paytga qadar faqatgina 10 ta mamlakatdan ishchi kuchi jalb qilgan. Boisi, Yaponiyada ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoj yetarli darajada bo‘lgan. Forumda vazirimiz Nozim Husanov va Yaponiya kooperativlar uyushmasi raisi Muruyama Mokoto boshchiligidagi delegatsiya ishtirokchilari o‘zaro muloqotga kirishib, o‘zbek migrantlari uchun Yaponiya bozori to‘liq ochilganini ma’lum qilishdi», — deydi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva.

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Mirzayevaning qo‘shimcha qilishicha, shu paytga qadar davlat homiyligida 500 nafar o‘zbek ishchisi kasbiy ta’limga o‘qitilgan bo‘lib, shundan 47 nafari Yaponiya ishchisi talabi va taklifini ma’qul ko‘rgani uchun ishlash ishtiyoqi borligini bildirgan.

«Avgust oyida 47 nafar o‘zbek ishchisi Yaponiyaga jo‘nab ketadi. Ularning mehnat sharoiti, oylik maoshini o‘z vaqtida olishi va qulay shart-sharoitda mehnat qilishi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan nazorat qilib boriladi», — deydi vazirlik vakili.

Vazirlik mas’ullarining qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda 100 ga yaqin nomzodlar qishloq xo‘jaligi va qariyalarni parvarishlash yo‘nalishi bo‘yicha maxsus malaka sertifikatiga ega bo‘lib, ular Yaponiyaga ishga ketish jarayonida ishtirok etmoqda.

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
«O‘zbekistonlik ishchilarning aksariyati hali yapon tilini mukammal bilmaganligi uchun ularga asosan qariyalarni parvarishlash va qishloq xo‘jaligida mehnat qilishga takliflar bo‘lmoqda. Davlat homiyligida o‘qitilayotgan ishchilarimiz kelajakda boshqa ish o‘rinlarini ham band etishi ko‘zda tutilgan», — deydi mas’ul.

Forumda ta’kidlanishicha, avvalroq Yaponiyaga ishlash ishtiyoqini bildirib, yapon ish beruvchilarining talablarini bajarish jarayoni o‘zbek migranti uchun 3 ming dollarga tushgan bo‘lsa, endilikda bu test jarayonlari O‘zbekistonga olib kelingan bo‘lib, ayni kunda bu xarajat ming dollarni tashkil qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi o‘zbek migrantlari Yaponiyada ham mehnat qilib, daromad topishi mumkin