Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi erkak 17 iyul kuni qaynsinglisini urib o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi hodicha tafsilotlarini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Qarshi tumanidagi «Kojor» MFYda yashovchi, viloyat asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasida dispanser hisobida turuvchi ruhiy kasal M.P. soat taxminan 07:15 da Qarshi shahri «Kamandi» MFYda yashovchi qaynsinglisi R.D.ning yashash xonadoniga yashirincha tarzda kirgan.
Undan oilasining shaxsiy ishlariga nega aralashayotganini so‘rab, o‘zaro janjallashib qolgan. Oqibatda M.P. hovlida turgan oftoba bilan qarindoshi R.D. boshining orqasiga o‘ta shafqatsizlarcha uch marotaba urib, unga hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari yetkazgan. Hushsiz holatga kelib, olgan tan jarohati tufayli ayol vafot etgan, uning uch nafar bolasi bo‘lgan.
Holat yuzasidan Qarshi shahri prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi M.P. JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...