Foto: Marina Moldavskaya, Kommersant’
O‘zbekistonga rossiyaliklarning ish va biznes maqsadlaridagi parvozlari soni so‘nggi olti oy ichida besh barobardan ko‘proqqa ko‘paygan. Bu haqda «Kommersant’» xabar berdi.
Aviasales for Business ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shni davlatlar — Qozog‘iston (444 foizga), O‘zbekiston (379 foizga), Belarus (353 foizga)da biznesni bron qilish soni faol o‘smoqda.
Shuningdek, Armaniston, Ozarbayjon va Turkiyaga bunday buyurtmalar taxminan 2,5 barobarga, BAAda esa 118 foizga oshgan.
Isroilga bron qilish hajmi 2022 yil boshidan buyon o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 743 foizga oshgan.
Hozirda «Aeroklub» biznes hamkorlari uchun eng mashhur mamlakatlar — Qozog‘iston, Turkiya, BAA, O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Fransiya, Isroil, Ozarbayjon va Italiya (tranzit reyslar orqali).
«Biznes vakillari o‘rtasida xorijiy reyslarga bo‘lgan talab o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar oshdi», –- deydi «Aeroklub» boshqaruvchi direktori Yuliya Lipatova.
Infoline ma’lumotlariga ko‘ra, xorijga sayohatlarning aksariyati endi shartli ravishda «majburiy» bo‘lib qolgan, ya’ni haqiqiy biznes maqsadlarisiz amalga oshirilmoqda.
Ekspertga ko‘ra, tadbirkorlarning bir martalik valyuta o‘tkazmalari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga urinishlari sabab bunday biznes reyslarga talab oshmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi