24 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Turkiya yetakchisi O‘zbekiston rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va ulkan zafarlar, shuningdek, O‘zbekiston xalqiga taraqqiyot va ravnaq tilagan.
Shuningdek, Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va izchil rivojlanishni ta’minlash borasidagi qat’iy sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlagan.
Suhbatda ikki tomonlama hamkorlik va global siyosatning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.
Bundan tashqari O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjonning tashqi ishlar, savdo va transport vazirlari darajasida ko‘p tomonlama maslahatlashuvlarni yo‘lga qo‘yish tashabbusining amaliy ahamiyati qayd etilgan. Joriy yil noyabr oyida Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining sammitini o‘tkazish masalalari muhokama qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?