12:00 / 26.07.2022
1 767

«Ayrim xonadonlar bir sutkada 1000 kilovatt elektr ishlatdi» – Energetika vazirligi

«Ayrim xonadonlar bir sutkada 1000 kilovatt elektr ishlatdi» – Energetika vazirligi
O‘tgan hafta davomida anomal issiq havo harorati sababli tabiiy ravishda elektr energiyasiga bo‘lgan talab eng yuqori iste’molni tashkil qildi.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, respublika bo‘yicha o‘tgan yoz mavsumida havo haroratining eng yuqori sutkasida 224 million kilovatt-soat elektr energiyasi iste’mol qilingan bo‘lsa, joriy yil 22 iyul kuni eng yuqori iste’mol qayd etilib, 237 million kilovatt-soat yoki 6 foizga ko‘pni tashkil qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida iste’mol tarixiy ko‘rsatkichga yetib, odatda kuz-qish mavsumida yuqori bo‘ladigan iste’moldan ortdi. O‘tgan 2021/2022 yillar kuz-qish mavsumida Toshkent shahrida eng yuqori iste’mol 24 million kilovatt-soatni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yil 22 iyul sanasi bu ko‘rsatkich 27,5 million kilovatt-soat yoki 15 foizga ko‘pni tashkil etdi.

Iste’molning bunday oshishiga, albatta, yangi binolar qurilishi, ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirilishi bilan bir qatorda, ayrim xonadonlarda elektr energiyasi sutkalik iste’moli 1000 kilovatt-soatgacha yetgani yoki ushbu xonadonlar o‘rtacha xonadonning 4-5 oylik elektr energiyasi iste’molini bir kunda iste’mol qilishi sabab bo‘lgan, deyiladi vazirlik ma’lumotida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Ayrim xonadonlar bir sutkada 1000 kilovatt elektr ishlatdi» – Energetika vazirligi