2022 yilning birinchi yarmida davlat budjetiga 21,5 trln so‘m bojxona to‘lovlari undirilgan. Tushumlar 6,4 trln so‘mga yoki 43 foizga oshdi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati rahbari v.b. Husan Tangriyev ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bojxona imtiyozlari 23,5 trln so‘mni tashkil etib, aylanma mablag‘ sifatida 12,1 mingta xo‘jalik sub’ektlari ixtiyorida qoldirildi. Imtiyozlar 10,2 trln so‘mga yoki 77 foizga ortdi.
Tezkor tadbirlarda:
- 562,1 kg giyohvandlik vositalari, 190 ming dona kuchli ta’sir etuvchi va 2,3 ming dona psixotrop moddalar 4,7 ming dona taqiqlangan adabiyotlar ushlab qolindi.
- 8 420 ta holatda 434 mlrd so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanuvi aniqlandi.
- 2,2 mln dollarga teng naqd xorijiy valyuta, 8,2 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari, 1 066 dona madaniy boyliklarning noqonuniy aylanuviga chek qo‘yildi.
- 2,2 mln dollarga teng naqd xorijiy valyuta (+9 barobar), 8,2 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari (+48 %), 1 066 dona madaniy boyliklarning (+75 %) noqonuniy aylanuviga chek qo‘yildi.
Tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazishda huquqbuzarliklarni aniqlash samaradorligi 94 foizga ortib, bojxona nazoratidan yashirilgan 146 mlrd so‘mlik tovarlar olindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»