20:10 / 27.07.2022
1 291

Toshkent, Surxondaryo va Samarqandda «valyutchik»lar qo‘lga olindi

Toshkent, Surxondaryo va Samarqandda «valyutchik»lar qo‘lga olindi
Toshkent, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida chet el valyutasini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chirchiq shahri bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda shahar dehqon bozori atrofida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan X.M. 3500 dollarni 38,8 million so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan jami 8735 dollar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda Jarqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan D.X. jami 3000 dollarni 33,4 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departament hamda DXXning Toyloq tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan D.M. jami 3000 dollarni 33 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent, Surxondaryo va Samarqandda «valyutchik»lar qo‘lga olindi