
Foto: Sirdaryo IIB
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida tomorqasida taqiqlangan o‘simlik yetishtirgan erkak aniqlandi.
Olingan ma’lumotga ko‘ra, Sirdaryo tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida 1968 yilda tug‘ilgan, Sirdaryo tumanida yashovchi Y.V.ning yashash uyi tomorqasi ko‘zdan kechirilgan.
Tomorqasining daraxtlar va gullar orasida 1 tup, bo‘yi taxminan 15–20 sm uzunlikda bo‘lgan nasha giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 270-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar