12:43 / 28.07.2022
1 642

Voyaga yetmaganlar manfaati qonun himoyasida

Voyaga yetmaganlar manfaati qonun himoyasida
Majburiy ijro byurosi Baxmal tuman bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan farzandlarning moddiy ta’minoti uchun aliment pullarini undirish masalaida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Hozirda, Byuroning Baxmal tuman bo‘limi tomonidan Baxmal tuman xokimligi va tumandagi qishloq fuqarolar yig‘inlarida hamkorlikda chora-tadbirlar dasturi ishlab chikilgan bo‘lib qator ishlar amalga oshirildi.

Bo‘lim ish yurituvida mavjud bo‘lgan voyaga yetmagan bolalarning moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari to‘lik inventarizatsiyadan o‘tkazildi.

Bo‘lim tomonidan olib borilgan majburiy ijro xarakatlari natijasida jami 220 ta aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari tamomlangan.

Ish yurituvidagi 761 ta ijro hujjati yuzasidan qarzdorlarning Respublikadan chiqish xuquqlarini vaqtincha cheklangan.
Shu bilan bir qatorda, mavjud yirik tadbirkorlik sub’ektlari, davlat tashkilotlariga jami 378 nafar ishsiz aliment to‘lovchilar doimiy ishga joylashtirilgan.

Bundan tashqari, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan buyin tovlab kelgan jami 20 nafar qarzdorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining MJtKning 47-4-moddasiga asosan ma’muriy jazo qo‘llanilgan.

Aliment pullarini undirish yuzasidan olib borilgan tizimli ishlar natijasida undiruvchilar nomiga ochilgan AT “Aloqabank” plastik kartalaridan jami 1 mlrd 648 ming sum aliment pullari undiruvchilarga undirib berilishi ta’minlandi.

Sardor Nazarov
Majburiy ijro byurosining
Baxmal tuman bo‘limi davlat ijrochisi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Voyaga yetmaganlar manfaati qonun himoyasida