
Foto: IIB axborot xizmati
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 28 iyul kuni soat 11:40 larda Samarqand shahrining Bo‘stonsaroy va Ro‘dakiy ko‘chalari kesishgan chorrahada harakatlanib kelayotgan “ZIL” rusumli yuk mashinasi haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotgan.
Oqibatda, mashina shu chorrahadagi ko‘prikning panjarasini buzib o‘tib, pastga tushib ketgan.
Hodisa tufayli tan jarohati olgan yuk mashinasi haydovchisi shifoxonaga olib borilgan va shifokor yordami ko‘rsatilgan. Hozirda ahvoli yaxshi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar