16:23 / 29.07.2022
1 108

Toshloqda 60 mln. so‘m aliment oldindan to‘landi

Toshloqda 60 mln. so‘m aliment oldindan to‘landi
Majburiy ijro byurosining Toshloq tumani bo‘limi tomonidan FIB Marg‘ilon tumanlararo sudining 17.10.2018 yildagi buyrug‘iga asosan qarzdor V.U.dan undiruvchi M.B. foydasiga bir nafar farzandininig moddiy ta’minoti uchun oylik daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lib, qarzdor alimentlarni vaqtida to‘lab kelgan.

Davlat ijrochisi tomonidan aliment undirish davomida qarzdorga qonunda belgilangan huquq va majburiyatlari tushuntirilgach qarzdor V.U. joriy yilning 27 iyul kuni undiruvchi M.B. bilan o‘zaro kelishgan holda hozird 15 yoshda bo‘lgan farzandini 18 yoshiga to‘lgunga qadar bo‘lgan 60.000.000 so‘m aliment mablag‘ini oldindan to‘liq to‘lab berdi.

Undiruvchi M.B.ning arizasiga asosan ijro hujjati tamomlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshloqda 60 mln. so‘m aliment oldindan to‘landi