Videodan kadr
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati Samarqand tumanida ikki nafar ayolning kaltaklanishi bilan bog‘liq voqea bo‘yicha rasmiy ma’lumot taqdim etdi.
2022 yilning 21 iyul kuni Samarqand tumani “Yangiariq” MFY hududida 1980 yilda tug‘ilgan S.R., 1987 yilda tug‘ilgan A.B. hamda 1991 yilda tug‘ilgan I.Sh. va Yo.I. o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida o‘zaro janjal sodir bo‘lgan.
Janjal oqibatida S.R. va A.B. I.Sh. va Yo.I.ni urib, ularga tan jarohati yetkazishgan. Hodisa joyiga tuman IIB xodimlari chiqib, holat rasmiylashtirilgan.
Senat Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonovaning aytishicha, holat yuzasidan qo‘mita tomonidan IIV mas’ul xodimlari bilan birgalikda o‘rganish olib borildi.
“Huquqbuzarlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda, albatta, tegishli jazo chorasi qo‘llaniladi”, deydi u.
Bildirilishicha, hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi