08:20 / 03.08.2022
1 586

Qarzdor ota alimentni chetlab o‘ta olmadi...

Qarzdor ota alimentni chetlab o‘ta olmadi...
Majburiy ijro byurosi Baxmal tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor R.Astanov hisobidan undiruvchi N.Astanova foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun 1/3 qism miqdordal aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 06.09.2016 yilda kelib tushgan.

Qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish xuquqlari cheklangan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor R.Astanovga yashash xonadonidan topishning imkoni bo‘lmaganligi sababli 26.04.2022 yil kuni O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 42-moddalariga asosan qidiruv e’lon qilingan.

Voyaga etmagan farzandlari moddiy ta’minoti uchun 22.578.713 so‘m aliment pullarini to‘lamasdan bo‘yin tovlab yurgan qarzdor R.Astanovga jinoyat ishlari bo‘yicha Baxmal tuman sudining qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdor ota alimentni chetlab o‘ta olmadi...