1 407
Tanzila Norboyeva: «Maqsadimiz kimnidir jazolash emas, balki zo‘ravonliklarning oldini olish»
Senat yalpi majlisida «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 206-1-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida»gi qonun ko‘rib chiqilib, rad qilindi. Senat raisi Tanzila Norboyevaning qayd etishicha, tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik uchun belgilangan jazo amalda jabrlanuvchiga yuk sifatida tushmoqda.
“Himoya orderi 2019 yildan O‘zbekiston qonunchiligiga yangilik bo‘lib kirgan. Bu davlatimiz tomonidan zo‘ravon kishini ogohlantirish demakdir. Agar himoya orderini bajarmaganlik uchun qonunda taklif qilinayotgan jarima miqdorini oshiradigan bo‘lsak, jabrdiydaning o‘ziga yuk bo‘ladi. Chunki jamiyatimizda ko‘p holatlarda ayollar turmush o‘rtog‘iga qaram hisoblanadi. O‘z navbatida, u oiladagi asosiy ta’minotchi. Agar jarima miqdorini oshiradigan bo‘lsak, u jarimani to‘laydi, ammo xotini, bolasining imkoniyati shu bilan chegaralanib qolishi mumkin".
«Boshqacha aytganda, oila boshlig‘i ayoliga «sen tufayli jarima to‘layapman, demak, boshqa mablag‘ kerak bo‘lsa ham bera olmayman», deyishi mumkin. Umuman olganda, jarimani erkakka yuklash jabr ko‘rgan ayolni ham jazolash, deb hisoblash mumkin. Shuning uchun biz 1995 yilda O‘zbekiston qo‘shilgan «Xotin-qizlar kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida»gi konvensiya talablariga ham qarashimiz kerak. Unda oilaga putur yetmaydigan og‘ir, bosiq jazo tayinlanishi zarurligi haqida tavsiyalar berilgan. Shuning uchun bu masalaga son nuqtai nazaridan, miqdor nuqtai nazaridan emas, kompleks yondashish kerak. Bizning maqsadimiz kimnidir jazolash emas, balki zo‘ravonlik holatlarining oldini olishdir. Shuning uchun bu qonunni rad etish to‘g‘risidagi fikrlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. O‘ylaymanki, hamma senatorlar ham buni qo‘llab-quvvatlaydi», dedi Senat raisi.
Majlis davomida, shuningdek, oiladagi tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish uchun nafaqat javobgarlikni oshirish, balki birinchi navbatda ma’naviy, tarbiyaviy hamda oilaning kelgusida har tomonlama moddiy va barkamol jihatdan yashab ketishini ta’minlash uchun tegishli tizimli va mantiqiy bog‘liq bo‘lgan ketma-ket choralarni keltirib chiqaruvchi qonun normalarini ishlab chiqish zarur ekanligi ta’kidlandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?