2 721
Qoraqalpog‘istonda «Qizil kitob»ga kiritilgan bug‘uni ovlaganlar 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Foto: Qoraqalpog‘iston ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati
Qoraqalpog‘istonda «Qizil kitob»ga kiritilgan 1 bosh erkak Buxoro bug‘usini ovlaganlar 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Respublika ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 23 fevral kuni Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati hududida Beruniy tumani «Oltinsoy» va «Biybazar» OFYlarida yashovchi fuqarolar A.Sh. va Q.M. «Qizil kitob»ga kiritilgan 1 bosh erkak Buxoro bug‘usini noqonuniy ravishda ovlagani aniqlangan. Holat bo‘yicha barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishliligi yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga o‘tkazilgan.
Prokuratura tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilgan va sud organiga yuborilgan. Sud jarayoni 28 iyun kunida yakunlanib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Beruniy tumani sudi tomonidan hukm o‘qilgan.
Hukmga ko‘ra, A.Sh va Q.Mga nisbatan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) 2-qismining «a», «b» bandlari va 3-qismining «j» bandi bilan 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan, shuningdek, hayvonot dunyosiga keltirilgan jami 81 million so‘m zarar Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati foydasiga undirishga qaratilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?