21:32 / 07.08.2022
2 965

Senator Surxondaryoda ochiladigan muzeyga yurtimizni bosib olgan bosqinchilar nomi berilayotganini tanqid qildi

Senator Surxondaryoda ochiladigan muzeyga yurtimizni bosib olgan bosqinchilar nomi berilayotganini tanqid qildi
Foto: Oliy Majlis Senati
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida ochilishi xabar qilingan muzeyning Yunon-Baqtriya tarixi muzeyi deb nomlanishi mutlaqo noto‘g‘ri qaror. Bu haqda Senatning 29-yalpi majlisida Fanlar akademiyasi tarix instituti direktori, senator Azamat Ziyoyev aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo».

Turizm va madaniy meros vazirligi 2022 yil 5 iyul kuni Surxondaryo viloyatida Yunon-Baqtriya tarixi muzeyi tashkil etilayotgani haqida xabar bergandi. Senator Azamat Ziyoyev mazkur muzeyning dushmanga atab nomlanishi aqlga sig‘masligini ta’kidladi.

«Surxondaryo viloyatida sayyohlikni rivojlantirish masalasi ko‘tarildi. Matbuotda Boysun tumanida Yunon-Baqtriya muzeyini ochish haqida e’lon berildi. Yunon-Baqtriya degan tushuncha g‘arb olimlari tomonidan to‘qib chiqarilgan. Xabarimiz bor, yunonlar miloddan oldingi 4-asrda bizning yurtimizni bosib olgan. Talon-toroj, buzg‘unchiliklar qilgan. Minglab odamlarimizni o‘ldirgan. Ilmda xuddu shu davrda bizni yunonlar bilan bog‘lash bor. Bu tabiiy. Lekin Yunon-Baqtriya deb muzeyga nom qo‘yish, bosqinchini nomi bilan ularga atab muzey ochish, bu hech qanaqa aqlga sig‘maydi. Hech qaysi bir aqli raso millat, davlat o‘zini bosib olgan, o‘zini xor qilgan dushmanga atab muzey ochmaydi. Men tarixchi sifatida, tarixchilar nomidan talab qilamanki, bunaqa ishlarni qilishdan oldin maslahatlashib olinsa, ertaga uyatga qolmaymiz. Bu sharmandagarchilik bo‘ladi», – dedi tarix fanlari doktori.

Azamat Ziyoyev Senatning avvalgi majlislaridan birida O‘zbekiston ta’lim tizimini haligacha sovetcha ekanini, tizim hali ham eskicha andozalar asosida ishlab kelayotganini tanqid qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Senator Surxondaryoda ochiladigan muzeyga yurtimizni bosib olgan bosqinchilar nomi berilayotganini tanqid qildi